YUNUSOVA Hasana Ahmadjonovna

YUNUSOVA Hasana Ahmadjonovna (1918.31.12, Namangan) — infeksionist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1950), tibbiyot fanlari d-ri (1955), prof. (1956). ToshTI pediatriya f-tini tugatgach (1938), shu in-t gospital pediatriya klinikasida ordinator (1938—39), yuqumli kasalliklar kafedrasida aspirant (193942), assistent (194244; 194651). Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani vrachlik uchastkasi mudiri (1944 — 46). ToshTI bolalar yuqumli kasalliklari (1954—72), keyinchalik shu in-t yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri (1972-yildan). Ilmiy ishlari, asosan, brutsellyoz, oʻlka patologiyasiga, Oʻzbekiston sharoitida yuqumli kasalliklarning oʻziga xos kechishi va bu kasalliklarning rivojlanishini oʻrganishga, ularning diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish va boshqalarga oid.

As: Vaksinoterapiya pri brutsellyoze, T., 1958; Bolezn Botkina u detey, T., 1970; Virusnne infeksii u detey, T., 1975.


Lotin alifbosida maqola: YUNUSOVA Hasana Ahmadjonovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TIBBIYOT
TOSHKENT VILOYATI
NAMANGAN VILOYATI
SOGʻLIQNI SAQLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты