YUPITER (lot. — qadimgi Rimliklarning oyaiy xudosi nomidan) — Quyosh sistemasidagi eng katta, Quyoshdan uzoqligi boʻyicha beshinchi sayyora. Astronomik belgisi S.. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 5,204 astronomsh birlik (778,6 mln. km) ga teng. Orbitasining ekssentrisiteti 0,0484. Orbita tekisligi va ekliptika orasidagi burchak G18. Quyosh atrofida siderik aylanish davri 4332,59 sutka (11,862 yil), orbita boʻylab oʻrtacha tezligi 13,01 km/s. Yerdan Quyoshga nisbatan qarama-qarshi turishi har 398,88 sutkada qaytariladi (sinodik davr), yaʼni bunday roʻpara turish vaziyati har gal avvalgisidan deyarli bir oy kech keladi. Bu vaqtda Yupiter koʻzga ancha ravshan (Venera va Marsdzm keyin) sayyora boʻlib koʻrinadi. Uning koʻrinma yulduz kattaligi — 1,2 dan 2,7 gacha oʻzgarib turadi. Yupiter teleskopda elliptik disk shaklida koʻrinadi. Koʻrinma diametri 32» dan 50» gacha oʻzgarib turadi. 17-asr boshida Yupiterni T. Galiley birinchi boʻlib oʻz teleskopida kuzatgan. Yupiterning haqiqiy ekvatorial diametri 143600 km boʻlib, Yer diametridan 11,26-marta katta. Uning qutbiy diametri boʻyicha bosiqligi 1/16 boʻlib, qutbiy diametri ekvatorial diametridan 1100 km ga qisqadir. Yupiterning sirti Yer sirtidan 122-marta, hajmi 1345-marta kattgg, yoʻddoshlarining harakatlariga asosan aniqdangan massasi Yernikidan 318,36-marta katta, yaʼni 191029g; lekin zichliga Yer zichligining 0,24 qismiga teng, yaʼni 1,33 g/sm3. Yu. sathidagi ogʻirlik — tezlanishi Yerdagidan 2,51-marta katta, kritik tezlik, yaʼni ogʻirlik kuchi taʼsirini yengib chiqish tezligi 59,5 km/s. Teleskopda kuzatilganda Yupiter sirtida ekvator boʻylab qora belbogʻlar qoʻrinadi. Bu belbogʻlar vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turadi, bundan koʻrinayotgan hodisalar uning sirtida emas, balki atmosferasiga tegishli, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter gardishida bunday oʻzgarib turadigan belbogʻlardan tashqari deyarli doimiy, oʻzgarmaydigan detallar ham quzatiladi. Mas, 1878-yilda kashf etilgan qizil dogʻ elliptik shaklda boʻlib, uning oʻlchami 13000×40000 km. 1974-yilda AQSH ning «Pioner11» sayyoralararo avtomatik styasining 43000 km masofadan yuborgan maʼlumotlariga qaraganda qizil dogʻ hozir ham rivojlanib borayotgan ulkan atmosfera toʻfonidan iborat ekanligi maʼlum boʻldi. Bu dogʻ Yupiter atmosferadagi juda kuchli qoʻzgʻalish jarayoni boʻlib, gaz massasining aylanishi boʻlishi mumkin degan taxmin bor, ammo bu hodisaning sababi aniq emas. Qizil dogʻ baʼzi yillarda keskin qizil rangda, baʼzi yillarda oqish rangda boʻlib, yaxshi koʻrinmaydi, hatto butunlay koʻrinmay qolishi ham mumkin.
Yupiterning zichligi boshqa gigant sayyoralardagiga nisbatan kam boʻlgani uchun u, asosan, vodorod va geliydan iborat boʻlishi mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter atmosferasi 60% molekulyar vodorod, 36% geliy, 3% neon, 1% ga yaqin ammiak va metandan tashkil topgan. Yupiter atmosferasidagi vodorod va geliyning oʻzaro nisbati Quyoshdagidek. Shuningdek, Yupiterning magnit qutblari Yer magnit qutblariga qarama-qarshi ekanligi va kuchli radiatsion belbogʻlar mavjud boʻlib, Yernikidan 10-marta kuchli, radiatsion belbogʻlarida elektronlar konsentratsiyasining 1000-marta ortiqligi tasdiqlandi. Harakatlanuvchi detallarini kuzatish natijasida Yupiterning oʻz oʻqi atrofida aylanishi aniqlangan. Yupiter ekvator tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi 3° G boʻlib, unda yil fasllari yoʻq va har xil kenglamalarda aylanish davri turlicha. Yu. Yerga nisbatan Quyosh energiyasini 27marta kamroq oladi, shuning uchun Quyosh nuri tushgan va eng koʻp isiydigan hududlari sirtidagi t-ra — 100—150°. Shuning uchun Yupiter dagi bulutlar past trada kondensatsiyalangan ammiak kristallaridan iborat deb hisoblanadi. Yupiterning 17 ta yoʻldoshi boʻlib, eng yirik 4 tasini 1610-yilda G. Galiley ochgan (q. Sayyoralarning yoʻldoshlari). Ular Io, Yevropa, Ganimed va Kallisto boʻlib, kichik durbinda koʻrinadi. Ularning orbitalari deyarli aylanadan iborat va Yupiterning ekvator tekisligida yotadi. Daniyalik astronom O. Ryomer 1675-yilda Yupiter birinchi yoʻldoshining tutilishi (Yu. ning orqasiga oʻtishi)ni kuzatib, yorugʻlik tezligini oʻlchagan, 4 ta yoʻldoshning sirtidagi detallarni kuzatib, ularning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri Yupiter atrofida aylanish davriga tengligini va ular doim Yupiterga bir tomoni bilan turishini aniqlagan. Yupiterning yoʻldoshlarida atmosfera topilmagan. 19—20-asrlarda Yupiterning yana 13 ta juda kichik yoʻldoshlari topildi (17yoʻldosh 1999-yil kashf etilgan). Bulardan 8 13 va 17 yoʻldoshlarning sayyora atrofida teskari tomonga harakatlanishi aniqlangan. Yupiterni tadqiqetishda AQSH ning Yupiter yaqinidan uchib oʻtgan «Pioner10» (1973), «Pioner11» (1974), «Voyajer1», «Voyajer2»> (1979) sayyoralararo avtomatik st-yalari va sayyoraning birinchi sunʼiy yoʻldoshi «Galileo» (1995—2001) kemasining hissasi juda katta boʻddi. Bu kema yordamida Yupiterning juda shaffof va yupqa tashqi halqasi borligi aniqlandi.