YURAK-TOMIR SISTEMASI KASALLIKLARI

YURAK-TOMIR SISTEMASI KASALLIKLARI — yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda koʻp va xilmaxil. Bu kasalliklarning baʼzilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (mas, tromboflebit), boshqalari butun yuraktomir sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi).

Yurakning ishemik kasalligi yurak muskullarining qon bilan yetarli taʼminlanmasligidan vujudga keladi. Asosan, yurak toj arteriyalarining aterosklerotik oʻzgarishlarga uchrashi, spazmp, shuningdek, ular boʻshligʻida qonning (ivib) laxta boʻlib choʻkishi (tromboz) va boshqalar oqibatida kelib chiqadi (q. Yurakning ishemik kasalligi).

Arterial gipertoniya Yu,t. s. k. orasida eng keng tarqalgani boʻlib, katta yoshli odamlar orasida koʻp uchraydi. U miokard infarkti, insult, yurak yetishmovchiligi kabi koʻpincha oʻlim yoki nogironlikka sabab boʻladigan asosiy patogenetik omil hisoblanadi.

Arterial gipotoniya (gipotoniya kasalligi) — nisbatan kam uchraydi. U arterial gipotoniya sindromi tarzida koʻpgina yuraktomir tizimi kasalliklarida (miokard infarkti, kardiomiopatiya, miokardit), nevrozlar, gipotireoz, insultdan keyin kuzatiladi.

Klinik amaliyotda yurak muskullarining yalligʻlanishi — miokardit va yalligʻlanmay zararlanishi — miokardiodistrofiya koʻproq kuzatiladi. Endokardit (yurak ichki qavatining yalligʻlanishi) revmatizm va boshqalar orttirilgan yurak poroklarita sabab boʻladi. Lerikardit kam uchraydi. Yurakning ishemik kasalligi, miokardit va miokardiodistrofiya, shuningdek, nevrotik holatlar natijasida yurak aritmiyalari vayurak blokadasi sodir boʻlishi mumkin. Yurak aritmiyalari yurak qisqarishlari (urishi)ning tezlashishi (taxikardiya) yoki sekinlashuvi (bradikardiya), yurakning navbatdan tashqari qoʻshimcha qisqarishi (ekstrasistoliya); yurak urishining toʻsatdan tezlashuvi (parok sizmal taxikardiya); yurakning har xil vaqt oraligʻida notoʻgʻri qisqarishi (tebranuvchi aritmiya) va boshqalarda namoyon boʻladi. Yurak blokadasi yurakning oʻtkazuvchi sistemasida nerv impulslari oʻtishining buzilishi (mas, boʻlmachalardan qorinchalarga yoki Gis tutami oyoqchalariga impuls oʻtishining uzilishi)dan iborat.

Nevrozlar tufayli yurak nerv apparati faoliyati buzilganda aritmiyalar bilan birga, yurakda sirqillaydigan, sanchadigan, jazillaydigan ogʻriq sezgilari ham paydo boʻladi. Ateroskleroz va gipertoniya kasalligi arteriya tomirlarining keng tarqalgan xastaliklaridan boʻlib, aksariyat ular birga kechadi. Ateroskleroz toj tomirlaridan tashqari, aorta va uning yirik shoxlari, jumladan, buyrak arteriyasi, miya tomirlari (q. Insult), qoʻloyoqning periferik tomirlarini ham zararlaydi. Arterial tomirlarning yalligʻlanishi — arteriitlar koʻproq infeksion (mas, zaxm, sepsis) va allergik (q. Zardob kasalligi) hamda kollagen kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Klinik shakli obliteratsiyalovchi endarteriit, aorta panarteriiti va h. k. Venalarning varikoz kengayishi va tromboflebit vena tomirlarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan.

Yurak yetishmovchiligi yurakning oʻziga yuklangan toʻla hajmdagi funksional yuklamani bajara olmasligini koʻrsatuvchi patologik belgilar (terining koʻkarishi, nafas qisishi, oyoq shishib qolishi va boshqalar) bilan namoyon boʻladi; biror ish qilayotganda nafas qisib qolishi patologik alomat hisoblanadi.

Oʻtkir yurak yetishmovchiligi — juda xavfli, lekin kamdankam uchraydi. U kutilmaganda yoki toʻsatdan nafas qisib, boʻgʻilish (q. Yurak astmasi) xuruji bilan kechadi.

Koʻpchilik Yurak-tomir sistemasi kasalliklari sk. oqibatida yurak muskulining qisqarish funksiyasi hamda tomirlar devori muskul qavatining qisqarish quvvati susayadi. Natijada organizmda qon aylanishi buziladi. Bu omillarning qay biri ustun boʻlishiga qarab yurak yoxud tomir yetishmovchiligi vujudga keladi.

Yurak-tomir sistemasi kasalliklari (gipertoniya kasalligi, revmatizm, yurakning ishemik kasalligi) ni muntazam va oʻz vaqtida davolash yurak kasalliklarini oldini olishning eng yaxshi vositalaridan hisoblanib, uni kardiologiya fani oʻrganadi.

Yurak-tomir sistemasi kasalliklarini aniqlash, davolash, oldini olish va boshqalar kardiorevmatologik markazlarda hamda dispanserlarda amalga oshiriladi. Kasallikni davolash reabilitatsiya, yaʼni salomatlikni qayta tiklashdan iborat. Hoz. yuraktomir xirurgiyasi sohasidagi ulkan yutuqlar tufayli yurak hamda yirik tomirlar tuzilishidagi gugʻma va turmushda orttirilgan turli nuqsonlar operatsiya yoʻli bilan davolanadi.

Ad.: Sharopov Oʻ. B., Gʻafforova F. K., Shodmonov U. I., Ichki kasalliklar, T., 2003.

Mahmud Pirnazarov.


Lotin alifbosida maqola: YURAK-TOMIR SISTEMASI KASALLIKLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI
YURAK
YER
TIBBIYOT
QON KETISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты