YURI Garold Kleyton

YURI Garold Kleyton (1893.29.4, Uolkerton, Indiana shtati — 1981.6.1) — amerikalik fizikkimyogar. AQSH Milliy FA aʼzosi (1935-yildan). Montana un-tini tugatgan (1917), Berklidagi Kaliforniya un-ti (1921-yildan), Baltimordagi J. Xopkins un-ti (1924-yildan), Nyu-Yorkdagi Kolumbiya un-ti (1934-yildan) prof. 1945-yildan Chikago untida, 1958 — 70 yillarda San-Diyegodagi Kaliforniya untida (1972-yildan faxriy prof.) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari izotoplar kimyosi, geo va kosmokimyoga oid. Spektroskopiya usulini qoʻllab deyteriyxt ochgan (1932, F. Brikvedde va G. Myorfi bilan hamkorlikda). Uran235 va uran238 izotoplarining boʻlinish usullarini ishlab chiqqan. Uning lab. da suv bugʻlari, vodorod va ammiak bilan metan aralashmasi orqali elektr yoyi oʻtkazilganda aminokislotalar hosil boʻlib, ularni atmosferada ham sintez qilish mumkinligi isbotlangan (1950). Nobel mukofoti laureati (1934).


Lotin alifbosida maqola: YURI Garold Kleyton haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YAPONIYA
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты