YURMALA

YURMALA — Latviyadagi shahar. 1959 yil noyabrda Kemeri va Sloka shahri lari hamda Riga shahri ning Yurmala tumanidan tashkil etilgan. Riga qoʻltigʻining jan. sohili va Liyelupe daryosi oraligʻida joylashgan. Tarkibiga Liyelupe, Buldure, Dzintari, Mayori, Dubulti aholi punktlari ham kiradi. Aholisi 55,7 ming kishi (2001). Iklimiy kurort (Riga sohili, Kemeri balneologik va balchiq kurorti bor). Sellyulozaqogʻoz, sport qayiqlari, torf, sement va taxta tilish zdlari, badiiy toʻqimachilik va galanteriya, «Texnoinform» fkalari ishlab turibdi. Tarix va badiiyot muzeylari, latish shoiri Ya. Raynis muzeydala hovlisi bor.


Lotin alifbosida maqola: YURMALA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
LATVIYA
YAPONIYA
TARIX
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты