YURTCHI

YURTCHI — harbiy safarlar chogʻida qoʻshinning toʻxtashi va joylashishi uchun qulay oʻrin izlab topuvchi, harbiy qism va boʻlinmalarning lashkargohda tartib va intizom bilan joylashuvini taʼminlovchi mutasaddi. Yurtchidan lashkargohning tekis, keng va qismlarni joylashtirishga qulay, ichimlik suv manbaiga yaqin boʻlishi talab qilingan. Lashkargoh atrofi bir-biriga zanjir yoki arqon bilan mahkam bogʻlangan aravachalar yordamida toʻsilgan, shoxshabbalar bilan oʻralgan, girdiga chetan oʻrnatilgan xandaqlar bilan ihotalangan. Amir Temur qoʻshini ketidan qassob, bakovul, qovurilgan va pishirilgan goʻsht bilan savdo qiluvchi, arpa va turli meva sotuvchi, novvoy, etikdoʻz, taqachi, egarchi va boshqalar peshmapesh koʻchib yurgan. Ularning lashkargohdagi faoliyati aynan Yurtchi tomonidan nazoratga olingan.


Lotin alifbosida maqola: YURTCHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
TEMURIYLAR
HARBIY SANʼAT
TEMURIYLAR HARBIY SANʼATI


Добавить комментарий