YUSUPOV Abduaziz Yusupovich (1927. 17.10, Samarqand) — oftalmolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Tibbiyot fanlari d-ri (1967), prof. (1967). SamTI ning davolash f-tini tugatgach (1949), koʻz kasalliklari kafedrasida aspirant (1949—52), assistent (1953—58), dotsent (1958—68), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1969— 74), koʻz kasalliklari kafedrasi mudiri (1974-yildan), shu kafedrada prof. (1996-yildan). Asosiy ilmiy ishlari traxomatsan keyin qovoqda boʻladigan asoratlarni jarrohlik usulida davolash, glaukoma va oʻlkaga xos koʻz kasalliklarini oʻrganishga oid. U ilk bor uzoqni yaxshi koʻra olmaslik kasalligini davolashda koʻzning shox pardasi va oqsil pardasida operatsiya oʻtkazish usulini amaliyotga joriy etgan.