YUSUPOV Abduaziz Yusupovich

YUSUPOV Abduaziz Yusupovich (1927. 17.10, Samarqand) — oftalmolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Tibbiyot fanlari d-ri (1967), prof. (1967). SamTI ning davolash f-tini tugatgach (1949), koʻz kasalliklari kafedrasida aspirant (1949—52), assistent (1953—58), dotsent (1958—68), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1969— 74), koʻz kasalliklari kafedrasi mudiri (1974-yildan), shu kafedrada prof. (1996-yildan). Asosiy ilmiy ishlari traxomatsan keyin qovoqda boʻladigan asoratlarni jarrohlik usulida davolash, glaukoma va oʻlkaga xos koʻz kasalliklarini oʻrganishga oid. U ilk bor uzoqni yaxshi koʻra olmaslik kasalligini davolashda koʻzning shox pardasi va oqsil pardasida operatsiya oʻtkazish usulini amaliyotga joriy etgan.


Lotin alifbosida maqola: YUSUPOV Abduaziz Yusupovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TIBBIYOT
TOSHKENT
OLIY OʻQUV YURTLARI
YAPONIYA
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты