YUSUPOV Akrom Mamatovich

YUSUPOV Akrom Mamatovich (1905.1.5, Quva — 1975.26.11, Toshkent) — sirk artisti, masxaraboz. Oʻzbekiston xalq artisti (1961). 8 yoshidan amakisi — dorboz Hotam Madaliyevdan dorbozlik va muallaqchilikni oʻrgangan. 14 yoshidan xalq sirkchilari truppasida ishlagan. 1920—30 yillarda komik akrobatika, voltijyorlik, turnik ustida mashq bajarish, chavandozlik tomoshalarida qatnashgan. 1942-yildan Oʻzbek sirki jamoasi tarkibidagi Toshkanboyevlar dasturida ishtirok etdi va dorbozmasxaraboz sifatida keng taniddi. 1953-yildan klounada sohasida faoliyat koʻrsatib, qadimiy masxaraboxtik va qiziqchilik anʼanalarini davom ettirib, uni rivojlantirib zamonaviy oʻzbek klounadasining eng yaxshi namunalarini yaratdi. Yusupov tomoshalari oʻrgatilgan eshak va qoʻy ishtirokida oʻtadi. Yusupov zamonaviy Xoʻja Nasriddin obrazini gavdalantirdi va oʻzining xushchaqchaq va oʻtkir zehnli qahramoni bilan betakror komik isteʼdodini «ISH — 421», «Diplomli eshak», «Pul yoki aql», «Oʻquvchi», «Sartarosh», «Taftish», «Boks», «Aqlli jonivor» kabi klounadalarda namoyish etdi. «Sirli kristall», «Akrom, badjahl xon va quyoncha» kabi sirk pantomimalarida bosh rollarni ijro etdi. 1970-y. lardan Toshkentdagi «Sahnadagi sirk» ijodiy jamoasi bilan hamkorlik qilgan. Muallaq oshish, chavandozlik va dorbozlikni yaxshi egallaganligi tufayli parodiyali masxarabozlikni usta sanʼatkor sifatida bajarib, tomoshabinlar tahsiniga sazovor boʻlgan. Yusupov soʻz va mimika ustasi. U sodda, samimiy, vaziyatga darhol, lekin bamaylixotir baho beruvchi, tadbirkorligini namoyish etuvchi, ishonuvchanligi, tepsatebranmasligi bilan kulgi uygʻotuvchi odam qiyofasini mohirona talqin etgan. Andijon viloyat Marhamat shahri koʻchalaridan biriga Yusupov nomi berilgan.

Oʻgʻli Mahmud Yusupov (1930.12.11, Toshkent) — dorboz, akrobat. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1964), 1951-yildan Toshkanboyevlar dasturining qatnashchisi.


Lotin alifbosida maqola: YUSUPOV Akrom Mamatovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKANBOYEVLAR
TOSHKENT
SIRK
XALQ IJODI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты