YUSUPOV Muhammadsoli Abdullayevich

YUSUPOV Muhammadsoli Abdullayevich (1955.11.1, Toshloq tumani) — aktyor, rej., pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1999). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tining aktyorlik (1977) hamda rej. lik (1997) ftlarini tugatgan. 1977—78 yillar mazkur In-tda oʻqituvchi, 1979-yildan Fargʻona teatrida aktyor, rej. (1995-yildan bosh rej.). «Kulgi zarbi spektaklidagi Sulaymon qori uning sahnadagi ilk obrazidir. «Richard III» (U. Shekspir)dagi Gloster, «Farhod va Shirin» (S. Abdulla, B. Broviin) dagi Yosuman obrazlari talqin va ijro jihatidan yangicha uslubga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Yusupov Qoʻchqor («Temir xotin»), Diktator («Hokimi mutloq»), Mamat («Nurxon»), Buxenvald («Bir oʻlikka bir tirik»), Asomboy («Toshkentga sayohat»), Toʻxtamishxon («Amir Temur va Toʻxtamishxon») kabi rollari bilan shuhrat qozondi. Qahramon ichki holatini ochib bera olish, milliy qiziqchilik sanʼati bilan yoʻgʻrilgan ijro uslubi ajralib turadi. Yusupov kinoda Xolmat («Bomba»), Qoʻchqor («Masxaraboz»), Oʻqituvchi («Oʻqituvchi»), videofilmda Solih mahdum («Mehrobdan chayon»), telefilmda Afandi («Afandining besh xotini») rollarini ham oʻynagan. «Kurort» (Oʻ. Umarbekov), «Oltin sirtmoq» (X. Toʻxtaboyev), «Amir Muzaffar» (I. Qobulov), «Osmonga sigʻmagan muhabbat» (Y. Sulaymon), «Sehrlangan parizod» (V. Rabadan), «Kampir topaymi, dadajon?» (A. Xursandov), «Tikansiz tipratikanlar» (Sh. Boshbekov), «Jonimning malhami» (O. Hakimov), «Amir Temur va Toʻxtamishxon» (T. Mirzo) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).


Lotin alifbosida maqola: YUSUPOV Muhammadsoli Abdullayevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты