YUSUPOV Polvonniyoz Hoji

YUSUPOV Polvonniyoz Hoji, Polyoz Hoji (1861 Xiva 1936.14.5) Yosh xivaliklar partiyasining asoschisi, davlat arbobi. Xiva xonligi hududidagi jadidchilik harakatida faol qatnashgan.

Asfandiyorxonning jadidlarga qarshi siyosati natijasida Yusupov 1917 yil oxiridan boshlab 2 yil davomida Toshkentda yashagan. Bolsheviklar taʼsiridagi Yosh xivaliklar inqilobiy qoʻmitasi raisi (1918-yil boshidan). Turkiston ASSR Milliy ishlar xalq komissarligida Turkman shoʻbasi boshligʻi (1919). Xiva xonligi agʻdarilgach (1920-yil 1 fev.), yangi tashkil qilingan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Shoʻrosining birinchi raisi (1920-yil 27 apr. — 1921-yil 6 mart).

Yusupov XXSR hukumati raisi sifatida mustaqil siyosat yuritish va Xorazm Respublikasida demokratik islohotlarni qaror toptirish uchun intilgan. Biroq Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) va Turkiston fronti qoʻmondonligi Yusupovning bu siyosatiga qarshi chiqib, Xivada yangi hukumat toʻntarishini amalga oshirishgan. Yusupov faol siyosiy kurashdan voz kechganligi uchun keyinchalik bolsheviklar tomonidan afv qilingan va XXSRda turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Ad.: Matkarimov M., Xorazm Respublikasi: davlat tuzilishi, nozirlari va iqtisodi, Urganch, 1993.


Lotin alifbosida maqola: YUSUPOV Polvonniyoz Hoji haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JADIDCHILIK
YoSh XIVALIKLAR
XORAZM XALQ SOVET RESPUBLIKASI
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты