YUSUPOV Sharofiddin Isomiddinovich

YUSUPOV Sharofiddin Isomiddinovich (1945.29.4, hoz. Rishton shahri) — kulol, sulola davomchisi; zamonaviy rishton kulollik maktabining yirik vakili. Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1991). Yoshligidan otasi usta Isomiddin Yusupov (1884—1959) bilan yonmayon ishlab, rishtonlik usta Musa va gʻurumsaroylik usta Hakimga shogird tushib hunar oʻrgangan; ayniqsa, usta Ibrohim Komilovaan rishton kulollik maktabiga xos boʻlgan tabiiy xom ashyodan ishqorli sir tayyorlashni puxta egallagan. 1963-yildan Rishton keramika z-dida kulol, usta (1978—80 yillarda bosh rassom). 197478-yillarda Qoʻqon shahrida ishqorli sirni sanoatga tatbiq etish boʻyicha oʻtkazilgan tajribalarda qatnashgan. Yusupov rishton kulollik maktabi anʼanalarini ijodiy oʻzlashtirdi va rivojlantirdi, uni yangi mujassamotlar, ranglar uygʻunligi, ramziy belgilar va boshqalar xususiyatlar bilan boyitdi; u yaratgan lagan, koʻza, kosa, shokosa va boshqalar sopol buyumlarida «chorbarg», «bodomgul», «anorgul» va boshqalar tasvirlarni, oq (sut rang) zaminda yashilmoviy, jigarrangbinafsha rang, yashilkoʻk uygʻunligidagi rang koloritini qoʻllaydi. U yaratgan sirkori bezaklar zamonaviy meʼmorlikda keng qoʻllanadi.

Yusupov asarlari bilan respublika va xorijiy koʻrgazmalarda qatnashadi. Asarlaridan namunalar respublika va xorijiy davlatlar muzeylari va shaxsiy toʻplamlarda saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: YUSUPOV Sharofiddin Isomiddinovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY
FRANSIYA
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты