YUSUPOVA Klara Yunusovna

YUSUPOVA Klara Yunusovna (1930.28.7, Toshkent) — raqqosa, balerina, Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Navoiy teatri qoshidagi studiyada va Moskva xoreografiya bilim yurtida oʻqigan (1945—52). 1951—78 yillar Navoiy nomidagi opera va balet teatrining solistkasi. Esmeralda («Esmeralda»), feya Sireni («Uyqudagi goʻzal»), Kitri («Don Koxot») kabi partiyalarni ijro etgan. Yusupova, asosan, oʻzbek xalq raqslarining mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Uning raqslari shoʻx, joʻshqin va jozibadorligi, murakkab, lekin erkin harakatlari, oʻziga xos milliyligi bilan ajralib turadi. «Zang», «Larzon», «Rohat», «Dutor bayoti», «Munojot», «Shoʻx qiz», «Buxorocha», «Lazgi», «Pomircha» kabi raqslari shular jumlasidan. Bolgariya, Ruminiya, Fransiya, Hindiston, Italiya, Braziliya kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: YUSUPOVA Klara Yunusovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
Sardor Mamadaliyev - Lazgi
San'at Jalilov - Bobo
ITALIYA


Добавить комментарий