YUSUPOVA Ofeliya Yunusovna

YUSUPOVA Ofeliya Yunusovna (1938.8.11, Toshkent) — pianinochi, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanʼat arbobi (1994), prof. (1987). Klara Yusupovaning singlisi. Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1956—60), Toshkent konservatoriyasi (1962) va aspiranturasi (1965)ni tugatgan. Shu yer (2002-yildan Oʻzbekiston konservatoriyasida konsertmeyster (1960—62), pedagog (1962-yildan), kafedra mudiri (1973-yildan), rektor (1987-97), Uzbek davlat filarmoniyasi yakkaxon sozandasi (1962—70). Repertuaridan Yevropa klassik (Bax, Motsart, Betxoven, Shopen, Grig, Raxmaninov, Prokofyev va boshqalar) va Oʻzbekiston (G. Mushel, S. Yudakov, X. Izomov, F. YanovYanovskiy, X. Azimov, N. Zokirov, A. Nabiyev va boshqalar) kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. P. Xoliqov, R. Hamroyev, R. Abdullayev, M. Tojiyev va boshqalarning fortepiano konsertlarining birinchi ijrochisi va targʻibotchisi. Oʻzbekiston kompozitorlari fortepiano musiqa festivali tashabbuskori va tashkilotchisi (1974-yildan). Ijro uslubi intellektual omili yetakchiligi, kompozitsion puxtaligi, meʼyoriy histuygʻulari bilan ajralib turadi. Ijrolari 2 gramplastinka va Oʻzbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan.

As: Kalmikova G., Ofeliya Yusupova, T, 2001.


Lotin alifbosida maqola: YUSUPOVA Ofeliya Yunusovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
MUSIQA
ROSSIYA


Добавить комментарий