YUSUPOVA

YUSUPOVA Toʻti (1936.10.3, Samarqand) — Oʻzbekiston xalq artisti (1994). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1957). 1957-yildan hoz. Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri aktrisasi. Hafiza (A. Qahhor, «Shohi soʻzana»), Sonya (A. Chexov, «Vanya togʻa»), Qorasoch (Uygʻun, «Shubha»), Hojar (A. Qahhor, «Tobutdan tovush»), Nuri (Oybek, «Qutlugʻ qon»), Ona (Eʻ Robles, «Oʻlimdan kuchli»), Xonzoda (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Shafaq (M. Karim, «Oy tutilgan tunda»), Rahima (Oʻ. Umarbekov, «Komissiya»), Sotti (S. Ahmad, «Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Fotima, Zebi (Oʻ. Umarbekov, «Shoshma quyosh», «Qiyomat qarz»), Nodira (T. Toʻla, «Nodira»), Mastura (Hamza, «Paranji sirlari») kabi turli qaxramonlar obrazini yaratdi. Qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik jihatlarini chuqur ocha bilish, ularni ruhiy goʻzallik va hayotbaxshlilik ruhi bilan taʼminlash, obraz mohiyatini muhit bilan uzviylikda olib borish Yusupova ijodiga xos. «Qalliq oʻyin» (Qizbibi), «Eski zamon hangomalari» (Buvi) kabi filmlarda ham suratga tushgan.


Lotin alifbosida maqola: YUSUPOVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
OʻZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты