YUSUF XOS HOJIB

YUSUF XOS HOJIB (asl ismi Yusuf) (taxm. 1020/21, Bolosogʻun — ?) — turkigoʻy shoir, mutafakkir, davlat arbobi. «Qutadgʻu bilig» dostoni muallifi. Uning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi yagona manba ham «Qutadgʻu bilig» kitobidir. Ushbu kitobga koʻra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud Koshgʻariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniyadabiy hayotdan oʻziga munosib oʻrin egallashi uchun kurashgan.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilig» («Saodatga yoʻllovchi bilim», 1069—70) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham koʻtardi. U nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti anʼanalari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy oʻzlashtirgan holda yaratilgan. «Shohnoma» kabi mutaqorib vaznida yozilgan va «Turkiy Shohnoma» nomi bilan shuhrat qozongan (73 bob, 6520 bayt va toʻrtliklardan iborat).

«Qutadgʻu bilig» — 11-asr soʻz sanʼatining nodir namunasi boʻlib, unda oʻz davrining ilgʻor ijtmoiy-siyosiy, maʼnaviyaxloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va anʼanalari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil maʼlumot berilgan. Yusuf Xos Hojib uni Bolosogʻunda boshlab, Qashqarda yozib tugatgan va qoraxoniy hukmdor Tavgʻoch Bugʻroxonga takdim etgan. Bugʻroxon muallifni taqdirlab, unga «Xos Hojib» («Eshik ogʻasi») unvonini bergan. Shundan keyin shoir «Yusuf Xos Hojib» nomi bilan mashhur boʻlgan. Lekin dostonning oxiridagi shikoyat ohanglariga qaraganda, shoir umrining oxiri bu davlatning tanazzuli davriga toʻgʻri kelgan, shunga muvofiq hayoti ham ogʻir kechgan. Shoirning Qashqardagi maqbarasi ziyoratgohga aylangan.

As: Qutadgʻu bilig,T., 1971; 1990.

Ad.: Mallayev N., Oʻzbekadabiyotitarixi, T., 1976; Buyuk siymolar, allomalar, 1-kitob, T., 1995; Homidiy H., Koʻhna Sharqdargʻalari, T., 1999.


Lotin alifbosida maqola: YUSUF XOS HOJIB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
QUTADGʻU BILIG


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты