YUSUF YASOVULBOSHI MADRASASI

YUSUF YASOVULBOSHI MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1906); Ichan qalʼa markazida. Usta Yusuf Xos Hojib maqbarasi (11-asr, Qashqar). Qalandar Koʻchum tomonidan xonning yasovulboshisi Yusuf mablagʻiga qurilgan. Madrasa toʻrtburchak tarhli (35×25 m), burchaklariga bir oz turtib chiqqan guldastalar ishlangan, peshtoqgumbazli (peshtoq bal. 8 m), atrofi oldi ravoqli hujralar bilan oʻralgan hovli (21×11,2 m), masjid (5×5 m) dan iborat. Peshtoq qanosiga 2 ta yassi ravoqlar ishlangan; peshtoqning 2 yonida qator ravoqli 3 gumbazli miyonsaroy boʻlib, miyonsaroyning jan. tomonida u bilan bogʻlanmagan (kirish eshigi tashqaridan boʻlgan) 2 ta hujra va shim. tomonida charxi gumbazli masjid joylashgan, masjid oldi yordamchi xoʻjalik xonalari bilan oʻrab olinib, kichik maydoncha (9×14 m) hosil qilingan.


Lotin alifbosida maqola: YUSUF YASOVULBOSHI MADRASASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ICHAN QALʼA
XIVA
XITOY
MADRASA


Добавить комментарий