YUSUF OʻTAGAN OʻGʻLI

YUSUF OʻTAGAN OʻGʻLI (1915 Sherobod tumani Xoʻjaypul qishlogʻi — 1993) — dostonchi. Sherobod dostonchilik maktabi vakili. Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻlining shogirdi. Baxshilar oilasida tugʻilgan. Yoshligidan terma va dostonlardan parchalar ayta boshlagan, 20 yoshlarida taniqli dostonchi boʻlib yetishgan. Yusuf Oʻtagan Oʻgʻlidan «Shohniyoz podsho», «Nurali», «Sanam gavhar», «Malla savdogar», «Shahidnoma» kabi dostonlar, bir qancha ertaklar va oʻnlab termalar yozib olingan.


Lotin alifbosida maqola: YUSUF OʻTAGAN OʻGʻLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ShEROBOD DOSTONCHILIK MAKTABI
DOSTONCHILIK MAKTABI
Otabek Muhammadzohid - Malla sochli qizaloq
GOʻROʻGʻLI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты