YUQORI KOʻL

YUQORI KOʻL — Buyuk koʻllar tarkibidagi koʻl, AQSH va Kanadada. Akvatoriyasining oʻlchamlari boʻyicha dunyoda eng yirik chuchuk suvli koʻl. Mayd. 82,4 ming km2. uz. 613 km, eni 256 km. Eng chuqur joyi 393 m (Buyuk koʻllar orasida eng chuqur). SentMeris daryosi orqali Guron koʻliga oqadi. Sohilga yaqin qismi dek. dan aprel oyigacha muzlaydi. Koʻldan baliq ovlanadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Yuqori koʻl Shimoliy Amerikaning ichki r-nlarini Atlantika okeani bilan bogʻlaydigan suv yoʻlining muhim boʻgʻini. Muhim portlari: Dulut, Syupirior, Ashlend, Markett (AQSH), TanderBey (Kanada).


Lotin alifbosida maqola: YUQORI KOʻL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANADA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
SHIMOLIY AMERIKA
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты