ZABAYKALYE

ZABAYKALYE — Baykal koʻlidan sharkda joylashgan togʻli hudud. Shim. dan janubga 1000 km ga choʻzilgan. Aksari oʻrtacha balandlikdagi (1200—1300 m) togʻlar oʻlkasi; shim. va gʻarbda baland togʻlar (3000 m gacha) bilan oʻralgan. Zabaykalyening 2/3 qismi granitlardan tuzilgan. Oltin, titan, temir, rux, qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir konlari bor. Z. ning shim.gʻarbiy qismida Baykal boʻyi baland tizmalari (Xamar-Daban, Barguzin, Jida, bal. 2500—3000 m gacha) va 3. togʻlari hamda katta soyliklar joylashgan. Bu qismida 9—10 balli, sharkroqdagi oʻrtacha, past togʻlarda va yassi tekisliklarda 6—7 balli zilzila boʻlib turadi. Iklimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —20° (—35° gacha), iyulniki soyliklarda 15°, togʻlarda 7—10°. Yiliga oʻrtacha 250 mm dan 1000 mm gacha yogʻin tushadi. Yirik daryolari: Vitim, Olyokma, Selenga, Shilka, Argun. Koʻllari: Baykal, Torey, Baunt, Yeravnoye, Gusinoye.


Lotin alifbosida maqola: ZABAYKALYE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
ROSSIYA
XITOY
Nuriddin Haydarov - Eshmat o’g’li Mamajon
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты