ZABONI GOV

ZABONI GOV (fors.-toj. — hoʻkiz tili) — tandir nonining qad. turlaridan biri. Uni Samarqand novvoylari temuriylar davrida kashf etishgan. Inqilobga qadar ham bunday non Samarqand bozorida sotilib turgan. Zaboni gov xamiri shirmoy non xamiri kabi qorilgan, odatdagicha yumaloq emas, balki qayiqsimon-oval shaklida yasalib, oʻrtasi nafis — 1 sm, chekka hoshiyalari 2—3 sm qalinlikda boʻlgan. Oʻrtasiga chakich urilgan, chekkalari pichoq bilan tilinib, naqsh berilgan. Tandirga yopib gʻoʻzapoya choʻgʻida pishirilgan. Zaboni govni pishirishni biladigan novvoylar hozir ham Samarqand va Shahrisabzda bor.


Lotin alifbosida maqola: ZABONI GOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEMURIYLAR
NON
TOSHKENT
AMALIY SANʼAT
YER


Добавить комментарий