ERGASHEV Shuhrat Ibrohimovich

ERGASHEV Shuhrat Ibrohimovich (1945.19.5, Toshkent) — kinoaktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1968). 1968—70 yillar M. Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida ishlagan. 1970—95 yillar «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida aktyor. Ijobiy va salbiy rollarni bir xil mahorat bilan oʻynagan. Ergashev oʻz qahramonlarining qaygʻualamlari, ularning ichki tugʻyoni, raqibga qarshi kurashdagi psixologik kechinmalarini yetkazishda oʻziga xos ijro uslubi bilan ajralib turadi. «Nafosat» (rej. E. Eshmuhamedov) filmidagi Shuhrat roli ekranda yaratgan ilk obrazidir. Shuhrat («Sevishganlar»), Mauzer («Qoʻmondonning qaytishi»), Anvar («41 yil olmalari»), Ubaydulla («Qora konsulning halokati»), Talaba («Integral»), Sherzod («Semurgʻ»), Aziz («Seni kutamiz yigit»), Abdurahmon («Zulmatni tark etib»), Temur («Uchar yigit») kabi rollari bilan shuhrat qozongan.


Lotin alifbosida maqola: ERGASHEV Shuhrat Ibrohimovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
YAPONIYA
FRANSIYA
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты