ZAVQIY

ZAVQIY (taxallusi; asl ismsharifi Ubaydullo Solih oʻgʻli) (1853 — Qoʻqon — 1921) — oʻzbek shoiri. Qoʻqondagi «Madrasai oliy» va «Madrasai chalpak»da tahsil olgan (1870—74). Maxsidoʻzlik bilan shugʻullangan. Maʼlum muddat mirzalik qilgan, Xoʻjand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Oʻsh, Andijon, Margʻilon sh. larida boʻlgan. Togʻasi Muhammad Siddiq bilan Madinani ziyorat qilgan (1900). 1903-y. Qoʻqonga qaytgan. 3. mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirgan, Qoʻqon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodim, Rojiy kabi namoyandalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan. Zavqiyning gʻazal, muxammas, muvashshaxlari («Aylab keling», «Radifi Zavqiy» va b.)da oʻzi yashagan muhit va tuzum, mehnat axlining ahvoli tasvirlangan. U turmush alam-iztiroblari, hijron azobiga visol umidi, vafodorlik, sadoqat tuygʻularini qaramaqarshi qoʻyadi («Yuzingni koʻrsatib avval», «Bodai vasling» va b.), kishilarni turmush goʻzalliklaridan zavqlanishga, uni sevishga chorlaydi. Zavqiyning bir qancha sheʼrlari («Kajdor zamona», «Ajab zamona», «Abdurahmon shayton» va b.)da mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor maʼmuriyati himoyasida boʻlgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi. Zavqiyning «Muncha koʻp» radifli hamda «Ajab zamondur, ahbob, bosh qotib qoldi» misrasi bilan boshlanuvchi muxammaslari 19-a. boshlari sheʼ-riyatidagi eng oʻtkir ijtimoiy asarlari jumlasiga kiradi. 3. ijodiy merosida oʻzbek qishloqlarining ahvoli, dehqonlar hayoti mavzui ham katta oʻrin tutadi («Yangi Qoʻrgʻon qishlogʻi», «Suv janjali», «Shohimardon sayohati» va b.). Bu asarlar Muqimiyning «Sayohatnoma»si taʼsirida yozilgan. 3. Muqimiyning hajvchilik yoʻlini davom ettirib, oʻzbek adabiyotida hajviy yoʻnalish taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi («Obid mingboshi haqida hajv» va b.). Z. ning «Voqeai qozi saylov» (1909—10), «Qahatchilik» (1916) kabi asarlarida ijtimoiy adolatsizlik fosh etiladi, xalqning zulmga qarshi namoyishlari aks ettiriladi. «Ajab ermas» radifli muxammasi 20-a. boshlari oʻzbek sheʼriyatida muhim hodisa boʻldi. Bunda shoir mustamlaka asoratida ezilayotgan yurtning baxtli kelajagi haqida fikr yuritdi. Ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi salbiy hollar ustidan bir qator sheʼrlari («Taʼrifi kalish», «Otim», «Fonus», «Sigirim», «Pashshalar» va b.)da zaharxanda bilan kuladi.

Shoirning ishqiy gʻazal va muxammaslari oʻsha davrlardanoq xalq hofizlari tomonidan kuyga solinib, ijro etilgan («Yor kelur zamona yoʻq, kelmasa-kelmasun netay?!», «Kulbam aro, ey maxliqo, bir yoʻl xirom aylab keling» va b.). Z. ning sheʼrlari turli bayoz, majmua, vaqtli matbuot hamda ogʻzaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qoʻqon sh. dagi bir mahalla, qishloq, maktab va koʻchaga 3. nomi berilgan.

As: Tanlangan asarlar, T., 1958.

Ad.: Razzoqov H., Zavqiy hayoti va ijodi, T., 1965; Abdugʻafurov A., Oʻzbek demokratik adabiyotida satira, T., 1961.

Abdurashid Abdugʻafurov.


Lotin alifbosida maqola: ZAVQIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QOʻQON XONLIGI
FURQAT
ANDIJON VILOYATI
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты