ERGASHEV Erkin Hamidovich

ERGASHEV Erkin Hamidovich (1933.1.11 — Samarqand — 2004.8.1) — parazitologgelmintolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), veterinariya fanlari d-ri (1964), prof. (1965). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi in-ti veterinariya f-tini tugatgan (1953). Samarqand qishloq xoʻjaligi in-tida aspirant (195356), parazitologiya kafedrasi dotsenti (1957—64), veterinariya f-ti dekani (1960 —62), Oʻzbekiston Veterinariya ilmiy tekshirish in-ti direktori (1964— 65; 1978—94), ayni paytda 1965-yildan Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti parazitologiya kafedrasi mudiri.

Ilmiy ishlari gelmintlar faunasi, epizootologiyasi, biologiyasi, patogenezi, immuniteti, zooastroponozlar, chorva mollari va parrandalarning invazion kasalliklarining oldini olish, davolash va qarshi kurashning samarali usullarini ishlab chiqish va boshqalar masalalarga bagʻishlangan. «Biologiya va tibbiyot muammolari» jur. bosh muharriri (1996—2004). «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (2003).

As: Parazitologiya asoslari va trematodozlar bilan sestozlar, T., 1971 (hammualliflikda); Chorva mollarining nematodoz kasalliklari, T., 1972 (hammualliflikda); Gelmintm i gelmintozn karakulskix oves, T., 1973; Veterinariya asoslari, 2-qism, T., 1974 (hammualliflikda).


Lotin alifbosida maqola: ERGASHEV Erkin Hamidovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI
YAPONIYA
TIBBIYOT
TOSHKENT
PARAZITOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты