ZAGORSK TOVUQ ZOTLARI

ZAGORSK TOVUQ ZOTLARI — goʻsht-tuxum yoʻnalishidagi zotdor tovuqlar guruhi. Sobiq Ittifoq Parrandachilik i. t. va texnologiya in-tida 20-a. ning 50-y. larida rus oq tovugʻi, yurlov, nyu-gempshir va rod-aylend zotlarini chatishtirib chiqarilgan. Yirik, etdor, toji gulsimon oq tovuq va toji yaproqsimon sargʻish-jigarrang guruhlarga boʻlinadi. Tovugʻining vazni oʻrtacha 3,5—4 kg, xoʻrozi 4,5—5 kg. Tovugʻi yilda 160—180 ta tuxum qiladi. Tuxumi 58—60 g. Joʻja tovugʻi 180 kunligidan tuxumga kiradi. Oʻzbekistonda ham boqiladi.


Lotin alifbosida maqola: ZAGORSK TOVUQ ZOTLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PARRANDACHILIK
TOVUQ
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
GOʻSHT SANOATI
GENLARNING UZARO TAʼSIRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты