ZAGROS

ZAGROS (fors. Patak, Poshtekoʻh) — Erondagi togʻ sistemasi, Eron togʻligining jan.-gʻarbida. Uz. 1600 km chamasida, kengligi 200—300 km, aksar qismining bal. 2000—3000 m, eng baland joyi 4548 m (Zardkoʻh togʻi). 3. vodiy va botiqlar bilan ajralgan bir necha (15—20) parallel tizmalardan iborat. Togʻlar ohaktosh va sla-neslardan tuzilgan. Karst relyef shakli koʻp. Neft konlari bor. Iklimi subtropik, quruq, katta qismining landshafti choʻl. Gʻarbiy, sernam qis-mida dub, qayragʻoch, zarang, akatsiyali oʻrmonlar, yuqoriroqda alp oʻtloklari va past boʻyli butazorlar bor. Kichikroq muzliklar uchraydi. Botiqlarda shoʻrxok, koʻl va vohalar (xurmo, sitrus oʻsimliklar, tokzorlar) mavjud. Bamu va Erjon milliy parklari tashkil etilgan.


Lotin alifbosida maqola: ZAGROS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
YER
TYANOʻPAN
OSIYO
SHIMOLIY AMERIKA


Добавить комментарий