ZAGURSKAYA Galina Nikolayevna

ZAGURSKAYA Galina Nikolayevna (1905.27.4, Irkutsk – 1978.16.11, Toshkent) — aktrisa va rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1944). Irkutsk balet maktabini tugatgan (1922). 1937-y. dan Toshkentda, M. Gorkiy teatrida aktrisa. Yaratgan obrazlari psixologik chuqur va joʻshqinligi, xarakat va nutq madaniyatining mukammalligi bilan xarakterlanadi. Ijobiy va salbiy, fojiaviy va hajviy rollarni bir xilda mahorat bilan ijro etgan. Eng yaxshi rollari: Varvara, Kruchinina («Momaqaldiroq», «Aybsiz aybdorlar»), Yelena, Vasilisa Karpovna («Meshchanlar», «Tubanlikda»), Anna Karenina («Anna Karenina»), Ranevskaya («Olchazor»), Saburova («Yagona guvoh»), Diana («It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi»), Mirandolina («Mehmonxona bekasi»), Jamila, Maysara («Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi»), Toʻlgʻanoy («Momo yer») va b. Rej. sifatida «Etik kiygan mushuk», «It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi», «Jizzaki», «Kichkintoy Dorrit», «Uch xapdori» kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971).


Lotin alifbosida maqola: ZAGURSKAYA Galina Nikolayevna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты