ERGASHISH

ERGASHISH — sintaktik bogʻlanishning bir turi, gapda bir soʻzning ikkinchisiga boʻysunishi, yaʼni tobelanish yoʻli bilan bogʻlanishi. Ergashish soʻz birikmasi tarkibidagi boʻlaklar orasida ham, gap tarkibidagi boʻlaklar orasida ham uchraydi. Bunda bir boʻlak ikkinchisiga nisbatan ergash (tobe) soʻz vaziyatida boʻladi. Mas: kitobni oʻqimoq (kitobni — ergash soʻz, oʻqimoq — bosh soʻz). Soʻzlarning Ergashish yoʻli bilan bogʻlanishi 3 xil boʻladi: boshqaruv, moslashuv va bitishuv (soʻzlarning hech qanday qoʻshimchalarsiz, ohang yordamida birikishi). Ega va kesim orasidagi Ergashish (tobelanish), boshqa boʻlaklardan farqli ravishda soʻz birikmasini emas, balki gapni hosil qiladi.

Ergashish qoʻshma gaplar doirasida ham kuzatiladi. Bu hol biri ikkinchisini aniqlash, toʻldirish kabi vazifalarni bajaradigan qoʻshma gap qismlari doirasida yuz beradi. Bunday qoʻshma gaplar ergashgan qoʻshma gaplar deb yuritilib, ular mazmun va vazifalariga koʻra 14 turga boʻlinadi (yana q. Koʻshma gap).


Lotin alifbosida maqola: ERGASHISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QOʻSHMA GAP
TOBELANISH
YER
SOʻZ BIRIKMASI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты