ERDENIDZU

ERDENIDZU — tarixiy-maʼmuriy yodgorlik, Mongoliyadagi dastlabki budda ibodatxonasi. Xangay togʻlarining sharqiy yon bagʻrida, Urxun daryosining yuqori oqimi boʻyida joylashgan. 1585 yil barpo etilgan. Oʻrta asrlarda Mongoliyaning eng yirik diniy va siyosiy markazi boʻlgan. 18-asrda vayron qilingan, 18-asr oxiridan ahamiyatini yoʻqotgan. Koʻplab oʻziga xos minoralari (suburganlar) va darvozalari boʻlgan qadimiy ibodatxonalar saqlangan. Erdenidzu mongol meʼmorligining ajoyib yodgorligi. Hoz. muzey. Erdenidzu yaqinida qadimiy moʻgʻullarning poytaxti — Qoraqurum xarobalari bor.


Lotin alifbosida maqola: ERDENIDZU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
TOSHKENT
ERON
MONGOLIYA
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий