ERENBURG Ilya Grigoryevich

ERENBURG Ilya Grigoryevich [1891.14(27).1, Kiyev 1967.31.8, Moskva] — rus yozuvchisi. 1908 yil oxiridan boshlab Parijda muhojir boʻlib yashagan. Adabiy ijod bilan shugʻullanib, «Men yashayapman» (1911), «Oddiy kunlar» (1913), «Bolalik» (1914), «Arafa haqida sheʼrlar» (1916) sheʼriy toʻplamlarini nashr etgan. 1917-yil Fevral inqilobidan keyin Moskvaga qaytib kelgan, ammo Oktyabr toʻntarishini qabul qilmagan. Uning shu davr va 20-y. lar voqeligidan olgan taassurotlari «Rossiyani duo qilib» (1918), «Alanga» (1919), «Arafa», «Oʻylar» (1921), «Xorijdagi oʻylar», «Nurab borayotgan muhabbat» (1922) va boshqalar toʻplamlarida oʻz aksini topgan.

Erenburg 1921-yilda Berlinga muhojirlikka ketib, «Xulio Xurenito va shogirdlarining gʻayrioddiy sarguzashtlari» (1922), «Ikkinchi kun» (1933), «Parijning ishgʻol etilishi» (1940) va boshqalar romanlarini yozgan. 2-jahon urushi yillarida harbiy muxbir sifatida eʼlon qilgan maqolalari bilan shuhrat qozongan. Erenburgning «Boʻron» (1946—47), «Poʻrtana» (1951—52) romanlari va «Iliqlik» (1954—55) qissasida urushdan keyingi xalqaro maydonda, shu jumladan, sovetlar mamlakatida kechgan siyosiyijtimoiy voqealar badiiy mujassamlantirilgan. Erenburgning 6 kitobdan iborat «Odamlar, yillar, hayot» (1961— 65) memuar asarida 20-asr tarixining yozuvchi guvoh boʻlgan sahifalari tasvir etilgan.

Erenburg 50-y. lardagi «sovuq urush» yillarida tinchlik uchun olib borilgan xalqaro harakatda Jahon Tinchlik Kengashi vitseprezidenti sifatida faol qatnashgan. Asarlari jahondagi koʻplab tillarga tarjima qilingan.

As: Boʻron, T., 1958; Sobraniye sochineniy, t. 1—9, M., 1962—67; Stixotvoreniya, L., 1977; Letopis mujestva. Publitsisticheskiye stati voyennmx let, M., 1974.

Ad.: Trifonova T. K., Ilya Erenburg, M., 1954; Vospominaniya ob Ili Erenburge, M., 1975.


Lotin alifbosida maqola: ERENBURG Ilya Grigoryevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
YAPONIYA
FRANSIYA
ALISHER NAVOIY
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты