ZAYNIDDINBOBO

ZAYNIDDINBOBO, Shayx Zay niddin bobo Koʻhi Orifon Toshkandiy (1164—1259, Toshkent) — shayx. Otasi Shayx Shahobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy Bagʻdodning katta mutasavviflaridan boʻlgan, suxravardiya tariqatini yaratgan. Oʻgʻli Zayniddinni Shosh (Toshkent)ga yuborgan. 3. hoz. Koʻkcha dahasida hayot kechirgan va tasavvuf ilmi b-n shugʻullangan. Tarixiy manbalarda 3. «sayyidlarning ulugʻi va sharif kishilarning karomatlisi va buyugi», «oriflarning qutbi va ishonchli rahnamosi» deb taʼriflanadi. Amir Temur 1391—92 va 1402-y. lar 3. maqbarasini ziyorat qilgan va taʼmir ettirgan.

3. avlodlari «Shayx Zayniddin buva» qabristoni deb ataluvchi ziyoratgoh maskan yaqinida yashab keladi. Shoir Xislat, akademik Jorulla Fayzullayev, yozuvchi Najibbulo Habibullayev, navoiyshunos olim Hamid Sulaymon va b. ushbu shajara vakillaridir.


Lotin alifbosida maqola: ZAYNIDDINBOBO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
Umar Shayx Mirzo Bahodir
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты