ZAYNULOBIDIN HUSAYNIY

ZAYNULOBIDIN HUSAYNIY, Zaynulobidin bin Muhammad ibn Mahmud alHusayniy (taxm. 1463 — Hirot — taxm. 1519) — musiqa nazariyotchisi, bastakor, sozanda va shoir. Hirotdagi «Ixlosiya» madrasasida riyoziyot, falsafa, musika nazariyasi va badiʼ ilmidan tahsil olgan. Unga musiqadan Xoja Abdulloh Marvarid, badiʼ ilmidan Alisher Navoiy ustodlik qilishgan. Navoiyning buyurtmasi bilan fors tilida «Qonun» (zamonaviy adabiyotda «Qonuni ilmi va amali musiqiy» — «Musiqaning ilmiy va amaliy krnunlari») asarini yozgan. Asar Navoiyga bagʻishlangan qasida va 24 bobdan (soʻnggi ikki bobi saklanmagan) iborat. J. Sultonov tomonidan topilgan uning yagona nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik i. t. intida saklanadi. Risola 3. H. yashagan davr musika sanʼatining nazariy va amaliy masalalarini yoritadi. M usiqa istilohoti, jumladan Oʻn ikki makom, vvoza va shoʻba tushunchalariga qator anikliklar kiritgan. Oxirgi boblar cholgʻularning sozi va usul turkumlariga bagʻishlangan. Shuningdek, «Qonun»da dutor, uning tuzilishi, sozlanishi va tovush qatorlari xususida ilk maʼlumotlar beradi.


Lotin alifbosida maqola: ZAYNULOBIDIN HUSAYNIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
IBN SINO
MUSIQA
MUSIQASHUNOSLIK
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты