ERI

ERI — Shim. Amerikadagi koʻl, Buyuk koʻllar sistemasida. Shim. qismi Kanadaga, jan. AQSHga qarashli. Mayd. 25,7 ming km2. Eng chuqur joyi 64 m, sathining bal. 174 m. E. ga Detroyt daryosi quyilib, undan Niagara daryosi oqib chiqadi. Erini SentKler daryosi Guron koʻli bilan, Niagara daryosi va Uellend kanali Ontario koʻli bilan birlashtirib turadi. Eri kanal sistemasi orqali Gudzon daryosi bilan bogʻlangan. Muhim portlari: Tolido, Klivlend, Buffalo, Eri (AQSH), PortKolborn (Kanada). Shim. sohillarida milliy bogʻlar tashkil etilgan.


Lotin alifbosida maqola: ERI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
KANADA
BUYUK BRITANIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты