ZAYSAN SOYLIGI

ZAYSAN SOYLIGI — Qozogʻiston Respublikasidagi soylik, shim. da Jan. Oltoy, jan. da Tarbagʻatoy va Saur tizmalari oraligʻida. 3. s. tubining balandligi togʻlar etagida 370 m (Zaysan koʻli) dan 900—1000 m gacha. Yer yuzasi kaynozoy koʻl va dare balchiklari va qumdan tuzilgan. Ondasonda soylik tekisliklaridan qoldiq togʻ massivlari koʻtarilib turadi. Jan. Oltoy va Tarbagʻatoydan oqib tushuvchi daryolar suvi sugʻorishga sarflanib, Zaysan koʻliga yetib bormaydi, faqatgina Qora Irtish quyiladi. Soylikda chala choʻl landshafti boʻlib, asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Kora Irtish deltasida toʻqayzorlar bor.


Lotin alifbosida maqola: ZAYSAN SOYLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QOZOGʻISTON
OSIYO
OKEAN
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты