ZAYTUNDOSHLAR

ZAYTUNDOSHLAR (Oleaceae) — doim yashil daraxt va butalar oilasi. Gullari roʻvaksimon toʻpgulda oʻrnashgan, toʻgʻri, qoʻshgulqoʻrgʻonli, ikki, baʼzan ayrim jinsli, kosachasi mayda, koʻpincha, toʻrt tishli. Changchisi ikkita, urugʻchisi bitta. Urugʻkurtagi ikki yoki undan ortiq boʻlib, odatda, faqat bittasigina uruqqa aylanadi. Mevasi har xil — koʻsakcha, qanotcha, danakcha yoki rezavormeva. Zaytundoshlarning 600 turini birlashtirgan 29 turkumi bor. Tropik, subtropik va moʻtadil iqlimli mamlakatlarda, asosan, Shim. yarim sharda koʻp. Ekiladigan Zaytundoshlarning mevasi tuzlangan va konservalangan holda isteʼmol qilinadi. Dorivor va yirik gulli zaytundan efir moyi olinadi. Nastarin, ligustrum va b. manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.


Lotin alifbosida maqola: ZAYTUNDOSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
XITOY
DORIVOR OʻSIMLIKLAR
Yulduz Usmonova - Mayda-mayda (Nastarin)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты