ZAYSEV Aleksandr Mixaylovich

ZAYSEV Aleksandr Mixaylovich (1841.20.6, Qozon 1910.19.8) rus organik kimyogari, Peterburg FA muxbir aʼzosi (1885). Qozon un-tining prof. (1871). Dietilkarbinolni sintez qilgan va organik birikmalarning yangi sinfi — laktonlarni kashf etgan (1873). Galogenvodorodlarning toʻyinmagan uglevodorodlarga birikish va galogenvodorodlarning alkilgalogenidlardan ajralish qonuniyatini kashf etgan (bu qonuniyat Zaysev qoidasi deb ataladi). Alkilgalogenid bilan keton aralashmasiga rux taʼsir ettirib, uchlamchi toʻyingan spirt sintez qilishning yangi usulini taklif etgan (1885). Rux organik birikmalar yordamida ketonlardan uchlamchi spirtlar olish usulini ishlab chiqqan (bu usul Zaysev reaksiyasi deb ataladi). Shogirdlari bilan bir qancha toʻyinmagan uglevodorodlar (butilen, diallil va b.) sintez qilgan.


Lotin alifbosida maqola: ZAYSEV Aleksandr Mixaylovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SPIRTLAR
KIMYO
ORGANIK KIMYO
ROSSIYA
TOʻYINGAN UGLEVODORODLAR


Добавить комментарий