ERITRODERMIYA

ERITRODERMIYA (yun. qizil va — teri) — butun gavda terisi yoki koʻpgina qismining yalligʻlanishi (qizarishi, shishishi, poʻst tashlashi, qipiqlanishi, qichishishi) bilan kechadigan kasallik. Mustaqil kasallik sifatida paydo boʻladigan birlamchi Eritrodermiya (mas, Ritter eksfoliativ dermatiti), shuningdek, ekzema, psoriaz va boshqalar teri kasalliklari yoki umumiy kasalliklar (zamburugʻli mikoz, qon kasalliklari) tufayli vujudga keladigan ikkilamchi Eritrodermiya farq qilinadi. Kasallik oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali kechadi. Davolash Eritrodermiyaga sabab boʻlgan omilni bartaraf etish va kasallik belgilariga qarab doridarmonlar buyurishdan iborat.


Lotin alifbosida maqola: ERITRODERMIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
EKZEMA
TIBBIYOT
QON KETISHI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты