ZAKARPATYE VILOYATI

ZAKARPATYE VILOYATI — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1946-y. 22 yanv. da (Zakarpatye Ukrainasi Ukrainaga qoʻshilgandan soʻng) tashkil etilgan. Mayd. 12,8 ming km2. Aholisi 1288,6 ming kishi (1997), asosan ukrainlar, shuningdek, venger, rus, rumin, slovaklar ham yashaydi. Markazi — Ujgorod sh. 3. v. Sharqiy Karpat togʻlarida va Oʻrta Dunay tekisligida joylashgan. Viloyat hududining 80% togʻ (eng baland joyi Goverla togʻi, 2061 m). Foydali qazilmalari: toshtuz, qurilish materiallari, qoʻngʻir koʻmir, temir va simob rudalari. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi pasttekislikda —2°, —3°, togʻlarda — 5°, —9°; iyulniki pasttekislikda 19°—20°, toglarda 6°. Yiliga pasttekislikda 600 — 700 mm, toglarda 1000—1400 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 90—230 kun. Asosiy daryosi Tisa. Mineral buloqlar bor. Tuproqlari pasttekisliklarda chimli va allyuvial, togʻ etaklarida qoʻngʻirpodzol, toglarda qoʻngʻir togʻoʻrmon, chimli qoʻngʻir va chimli togʻoʻtloqi hamda torfsimon tuproqlar. Viloyat hududining 50%i oʻrmon, asosan, qoraqayin, qoraqaragʻay, eman, oq qaragʻay, grab usadi. Oʻrmonlarda oʻrmon mushugi, silovsin, boʻri, tulki, qoʻngʻir ayiq, yovvoyi toʻngʻiz, yevropa yeligi, asl bugʻu, suvsar, tiyin, malla quyon yashaydi. 3. v. Ukrainaning kurort va turistik rnlaridan biri.

Oziqovqat sanoatida vinochilik, mevakonserva, goʻsht, moysir va sut, un, moyyogʻ va b. tarmoqlar mavjud. Mineral suv qadoqlanadi. Oʻrmon kimyosi, yogʻochsozlik, mebelsozlik, karton i. ch. korxonalari bor. Yengil sanoat tarmoklaridan koʻnchilik, poyabzal, tikuvchilik, trikotaj korxonalari mavjud. Mashinasozlik, metallsozlik, asosan, stanoksozlik, priborsozlik rivojlangan. Plastmassa sanitariyatexnika buyumlari, guldor sopol buyumlar, gʻishtcherepitsa ishlab chiqariladi. Q. x. sutgoʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan, qoʻychilik, bogʻdorchilik, tokchilik, gʻallakorlik bilan shugʻullaniladi. Pichanzor, yaylovlar bor. Gʻalla ekinlari, texnika ekinlari (asosan, tamaki, kungaboqar) kartoshka, sabzavot, yemxashak ekinlari ekiladi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Asosiy t. y. liniyalari: Chop — Ujgorod — Ujok — Lvov, Chop — Solotvina. Asosiy avtomobil yoʻllari: Ujgorod — Mukachevo — Xust — Tyachev — Raxov — IvanoFrankovsk va b. Ujgorod un-ti, jamoat kutubxonalar, 3 muzey, musiqali drama teatri, filarmoniya, 800 ga yaqin klub, Polyana va Sinyak balneologik kurortlar, Ujgorodda aeroport bor.


Lotin alifbosida maqola: ZAKARPATYE VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
TOSHKENT
ROSSIYA
YEVROPA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты