ERITUVCHILAR

ERITUVCHILAR — turli moddalarni oʻzida erita oladigan kimyoviy birikmalar yoki ularning aralashmalari. Suv, spirt, kislota, ishqor, efirlar, benzol, toluol, ksilol yoki ularning aralashmalari Erituvchilarga misol boʻla oladi. Erituvchilar xossalari (mas, uchuvchanligi, yopishqoqligi, zichligi, dielektrik doimiysi yoki kimyoviy faolligi)ga koʻra sinflanadi. Birinchi navbatda, Erituvchilarning kimyoviy xossalari, ayniqsa, ularning zaharli yoki zaharli emasligiga eʼtibor beriladi. Standart erituvchi sifatida suv olinadi. Shu asnoda Erituvchilarni kislotali, ishqoriy va amfoter xossalarga boʻlinadi. Maʼlumki, suv kimyoviy reaksiyalarda vodorod kationi — N* ni uzatib kislota rolida boʻlishi yoki bunday kationni asos sifatida biriktirib olib, N30+ ga aylanishi mumkin. Demak, suv oʻzida qanday modda eritilganiga qarab kislota yoki ishqor oʻrnida boʻla oladi. Suvni deyarli ideal amfoter erituvchi deb qabul qilish mumkin. Suvning mana shunday universal xossalariga asoslanib, unga nisbatan ishqor rolida boʻluvchi Erituvchilar kislotali erituvchilar, suvni Erituvchilarga nisbatan kislota deb hisoblanganda esa ishqoriy erituvchilar deyiladi. Bunday sinflashda eritmalar hosil boʻlishida rol oʻynaydigan funksional guruhlar elektronlari harakati hisobga olinadi. Shu bois elektron juftini beruvchi erigan modda molekulasi ishqoriy (donor) erituvchi sifatida belgilanadi. Anilin, piridin, dimetilsulfoksid, oddiy va murakkab efirlar donor Erituvchilar vakillari hisoblanadi. Erigan moddaning elektron juftini qabul qiluvchi erituvchi kislotali yoki akseptor E. hisoblanadi. Bularga karbokislotalar, fenollar, kislotalarning xlorangidridlari kiradi. Kislotali Erituvchilarga toʻla almashinmagan galogen hosilali alifatik uglevodorodlar (xloroform, dixloretan) ham kiritiladi. Spirtlar va ketonlar suvsiz amfoter Erituvchilar hisoblanadi. Geksan, uglerod sulfid va tetraxlormetan «inert Erituvchilar» qatoriga kiradi.

Erituvchilarni tanlashda ularning dielektrik oʻtkazuvchanligi kabi fizik xossasidan foydalaniladi. Bunda Erituvchilarning past qutbliligi (2 dan 12 gacha) va yuqori qutbliligi (50 dan yuqori) hisobga olinadi. Suvda bu miqdor 78 ni, benzolda esa jami 2,3 ni tashkil qiladi. Tajribalar shuni koʻrsatdiki, 2 turli zaryadlar yoki 2 dipol molekulalar suvli muhitda vakuumdagiga nisbatan deyarli 80-marta kam energiya bilan taʼsirlashadi. Benzolda esa taʼsirlashuv energiyasi 2 baravar kamayadi, xolos. Shu sababli suv yuqori qutbli Erituvchilar qatoriga kiritiladi. Bu borada propilenkarbonat, gidrazin, formamid va sulfat kislota suvga yaqinroq turadi.

Erituvchilardan qadimdan foydalanib kelinadi. Erituvchilarning koʻplari sanoat miqyosida ishlab chiqariladi, Erituvchilar ishlatilmaydigan yoki foydalanilmaydigan sohani topish qiyin. 21-asrda Erituvchilardan kimyoviy jarayonlarni boshqarishda keng foydalanila boshlandi. Erituvchining xilini va xossalarini bilgan holda ixtiyoriy reaksiyalarni amalga oshirish mumkin. Erituvchilardan foydalanib, elektroliz jarayonida alyuminiyni past tralarda ajratib olish muammosi hal qilindi. Mana shu yoʻl bilan alyuminiyli himoya va manzarali qoplamalar ham olina boshlandi. Aseton, atsetonitril, benzol, dietilefir, dimetilatsetamid, dioksan, sirka kislota, etanol, formamid, metanol, nitrobenzol, piridin, tetraxlormetan, xloroform, etilatsetat, siklogeksan, metiletilketon, oktan, skipidar, uglerodsulfid, tetralin, tributilfosfat va boshqalar turli xil Erituvchilar sanoat va xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega.

Ad.:Entelis S. G.,Tiger R. P.,Kinetika reaksiy v jidkoy faze, M., 1973; Fialkov Yu. Ya., Rastvoritelkaksredstvo upravleniya ximicheskim protsessom, M., 1988. Qudrat Axmerov.


Lotin alifbosida maqola: ERITUVCHILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KIMYO
SUV
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
KISLOTA VA ASOSLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты