ERKAYEV

ERKAYEV Alijon (1933.10.10, Oltiariq tumani) — Oʻzbekiston xalq hofizi (2003). Toshkent chet tillar intini tugatgan (1956). Falsafa fanlari nomzodi (1969). Fargʻona ped. instituti (1957—60), Toshkent ped. instituti (1969—72)da oʻqituvchi, Toshkent madaniyat instituti dotsenti (1974-yildan), prof. (2004). Xonandalik sanʼati sirlarini J. Sultonovsan oʻzlashtirgan. Yoshligidan havaskor musiqa toʻgaraklari qatnashchisi boʻlib, 1961-yildan radio va televideniyeda xonanda sifatida faoliyat koʻrsatadi. Shirali ovoz sohibi. E. Fargʻona—Toshkent musiqa anʼanalariga tayanib, xalqchil ijro yoʻllarini qoʻllaydi. Repertuaridan Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari («Ushshoq», «Dugoh», «Chapandozi Gulyor», «Bayot» va boshqalar), mumtoz ashulalar («Girya», «Fargʻona tong otguncha», «Aylansin» va boshqalar), zamonaviy bastakorlar asarlari («Gʻazalim», N. Hasanov; «Dilbarim», T. Hasanov; «Mubtalo qilib», R. Tursunov va boshqalar) oʻrin olgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonotekasi, 2 gramplastinka («Alijon Erkayev kuylaydi», 1969, 1976)ga yozilgan. E. Ogahiy, Atoiy, Habibiy, J. Jabbor sheʼrlariga ashulalar bastalagan («Fargʻona», «Mening tilagim», «Bulbul» va boshqalar).


Lotin alifbosida maqola: ERKAYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
RAJABIYLAR
YAPONIYA
SHASHMAQOM
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты