ERKAKOʻT

ERKAKOʻT — qoʻngʻirboshlilar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; ozuqabop ekin. Yevrosiyo,Shim. Afrika, Avstraliya va Yangi Zelandiyada 15 turi tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Kavkazda 10 ga yaqin turi oʻsadi. 4 turi: sibir E. i, choʻl E. i, taroqli Erkakoʻt vataroqsimon yoki keng boshoqli Erkakoʻt ekiladi. Boshoqlanish bosqichida 100 kg koʻk massasida 22,7 ozuqa birligi va 4,1 kg hazm boʻladigan protein, 100 kg pichanida 48,7 ozuqa birligi va 6,9 kg hazm boʻladigan protein bor. E. oʻsgan yaylovlarda mollar boqilgandan keyin ham oʻt qoplami qayta koʻkaradi. Sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamli. Barcha q. x. hayvonlari xush koʻrib yeydi.


Lotin alifbosida maqola: ERKAKOʻT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
ROSSIYA
YER
XITOY
Yulduz Usmonova - Xush keldilar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты