ERKAQORI

ERKAQORI, Karimov Erkaqori (1877.17.12, Dangʻara tumani Tumor qishlogʻi — 1954.12.3, Qoʻqon) — ashulachi, askiyachi, Oʻzbekiston xalq hofizi (1944). Katta ashula sanʼatining yirik vakillaridan; shirali, jarangdor ovoz sohibi. Bolaligida kasallik oqibatida koʻzi ojiz boʻlib qolgan. Qoʻqon madrasasida tahsil koʻrgan. Yoshligidan Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi shoirlar bilan ijodiy aloqada boʻlib, oʻzi ham sheʼrlar yozgan. Navoiy, Amiriy, Muqimiy, Kamiy, Haziniy, Charxiy va boshqalarning gʻazallariga moslab katta ashulalar ijro etgan. Shuningdek, Erkaqori repertuaridan mumtoz va zamonaviy ashulalar, maqom yoʻllari, mas, «Davo qilasiz» (Kamiy gʻazali), «Chapandozi Gulyor» (Haziniy), «Yangi bogʻ», «Unutmanglar», «Zamondandir» (Charxiy), «Qoʻqon Ushshogʻi», «Chortoq» va boshqalar oʻrin olgan. Chustiy, Xastadil, Firoqiy singari shoirlar Erkaqori ijodidan ilhomlanib ashulabop sheʼrlar yaratishgan.

E. Moskvada boʻlgan Oʻzbek sanʼati dekadasi qatnashchisi (1937). Katta Fargʻona kanali quruvchilari va 2-jahon urushi yillarida jangchilar va mehnatkashlarga oʻzining ruhlantiruvchi qoʻshiq va ashulalari bilan madaniy xizmat koʻrsatgan. Oʻz davrining usta askiyachilaridan biri sifatida mashhur boʻlgan. Sherqoʻzi Boyqoʻziyev, Ergash Haydarov, Rasulqori Mamadaliyev, Mehmontoʻra Toʻychiyev va boshqalar Erkaqorining shogird va hamnafaslari edi.

Ad:. Oʻzbekiston xalq sozandalari, 2-kitob, T., 1974.


Lotin alifbosida maqola: ERKAQORI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
XALQ IJODI
SHASHMAQOM
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты