ZALKALN

ZALKALN, Zalkalns Teodor [1876.18 (30).11, hoz. Latviyaning Riga tumani — 1972.6.12, Riga] — latish haykaltaroshi, Xalq rassomi (1957), BA ning haqiqiy aʼzosi (1947), Mehnat Qahramoni (1971). Peterburg (189399), Parij (18991901, O. Roden ustaxonasi)da tahsil koʻrgan. 1920-y. dan Rigada yashagan. Latviya BAda haykaltaroshlik kafedrasi mudiri (prof., 1944—58). 3. asarlari umumlashma shakli, tektonikasining katʼiyligi bilan ajralib turadi. Portretlar («A. Kirxenshteyn», gips, 1946; «F. Blumbax», terrakota, 1956 va b.), qabr toshlar («Ya. Poruk», granit, 1930; «O. Latsis», granit, 1945 va b.), haykallar («R. Blaumanis», granit, 1929; «A. Kronvald», bronza, 1938 va b.), animalistika asarlari, medallar yaratgan.


Lotin alifbosida maqola: ZALKALN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



LATVIYA
FRANSIYA
HAYKALTAROSHLIK
BRONZA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты