ZANJIRLI UZATMA

ZANJIRLI UZATMA — bir valdan ikkinchi valga aylanma harakat uzatuvchi zanjirli mexanizm. Ikkala valga bikr oʻrnatilgan tishli gʻildiraklar (yulduzlar)ga kiydirilgan berk («uzluksiz») zanjir halqadan iborat. Zanjirning tuzilishi, yulduzchalar soni, yetakchi yulduzchaning aylanish yoʻnalishi, yetakchi valning aylanish chastotasi (aylanishlar soni)ga, moylanishi va b. ga koʻra turli xillarga boʻlinadi. Zanjirli uzatma. Tishli gʻiddiraklar zanjir halqa bilan tekis ishlashi uchun gʻildirak tishlari zanjirning tuzilishi (tipi)ga qarab yasaladi. 3. u. lar bir tekis va shovqinsiz ishlaydi. Vtulkali va vtulkarolikli zanjirlar paydo boʻlishi bilan 3. u. lar katta quvvat 700 Mn (70000 kgkuch)ni katta (35 m/s gacha) aylanish tezliklarida uzata oladigan boʻldi. Turli mashinalar, mexanizmlar, mototsikl va velosipedlarda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ZANJIRLI UZATMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MEXANIZM
TISHLI UZATMA
YULDUZLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты