ESKIMOS TILI

ESKIMOS TILI — paleoosiyo tillarining eskimosaleut guruhiga mansub til; RFda Chukot muxtor okrugida va Magadan viloyatining jan. sharqida, AQSHda Alyaska yarim oroli va unga yaqin orollarda, Kanada va Grenlandiyaning shim. hududlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 115 ming (AQSHda — 38 ming, Kanadada — 28 ming, Grenlandiyada — 47 ming, RFda — 1,5 ming) kishidan iborat. Eskimos tili Grenlandiyada orol muxtoriyatining tili, qolgan mamlakatlarda esa oddiy soʻzlashuv tili hisoblanadi. Bir qancha belgilariga qoʻra oʻz qarindoshi — aleut tilidan keskin farq qiladi. Umuman Eskimos tilida 2 ta — yuit va inuit lahjalari, RFdagi Eskimos tilida 3 ta — chaplin, naukan, sirenik lahjalari ajratiladi. Koʻp asrlar mobaynida eskimoslarning maʼlum hududlar doirasidagina ajralib yashashi tufayli Eskimos tilining bir qator lahjalari mustaqil til belgilariga ega boʻlgan.

Eskimos yozuvi birinchi marta Grenlandiyada 19-asr oʻrtalarida (lotin grafikasi asosida), RFda 20-asrning 30-y. larida (1932—37 yillarda lotin grafikasi, 1937-yildan rus grafikasi asosida), AQSH va Kanadada 20-asrning 70-y. larida (lotin grafikasi asosida) shakllangan.


Lotin alifbosida maqola: ESKIMOS TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANADA
YAPONIYA
XITOY
YER
SHIMOLIY AMERIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты