ZARAFSHON DAVLAT QOʻRIQXONASI

ZARAFSHON DAVLAT QOʻRIQXONASI — Samarqand viloyati (Zarafshon daryosining oʻng qirgʻogʻi) hududidagi qoʻriqxona. 1975-y. datashkil qilingan. Qoʻriqxona mayd. 2352 ga, shu jumladan oʻrmonzorlar bilan qoplangan mayd. 868 ga. Samarqand sh. dan 5 km janubisharqda joylashgan. Qoʻriqxona hududi daryo sohili boʻylab eni 150 m dan 1400 m gacha boʻlgan 35 km masofaga choʻzilgan. Asosiy vazifasi — toʻqay oʻsimliklari va hayvonot olamiga mansub tabiiy muhitni, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar va hayvonlar genofondini saqlash, oʻrganish hamda tiklashdan iborat. Qoʻriqxona iqlim sharoitlari kontinental subtropiklarga xos. Havo harorati yozda +4G ga yetadi, qishda —27° gacha pasayadi. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 100—400 mm. Oʻsimlik dunyosi terak, tol, jiyda, chakanda kabi daraxt, buta va oʻt toʻqayzorlardan iborat. Qoʻriqxona hududida oʻsimliklarning 266, qushlarning 172, baliklarning 8 turi uchraydi. Qoʻriqxonada zarafshon qirgʻovuli muhofaza qilinadi va uni kataklarda boqib koʻpaytirish masalalari oʻrganilgan. 1996-y. dan qoʻriqxonada Badaytoʻqay va Qizilqum qoʻriqxonalaridan keltirilgan 6 bosh buxoro bugʻusi (xongul)ni iqlimlashtirish boʻyicha ishlar olib boriladi. 1998-y. da ulardan birinchi nasl olindi va bu noyob hayvonni koʻpaytirish ishlari davom etmoqda. Boris Dyakin.


Lotin alifbosida maqola: ZARAFSHON DAVLAT QOʻRIQXONASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
QORAQALPOGʻISTON
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты