EFIR MOYLI EKINLAR

EFIR MOYLI EKINLAR — efir moylari olish uchun yetishtiriladigan ekinlar guruhi; texnika ekinlari. Ayrim organlari (guli, urugʻi, mevasi, poyasi, ildizpoyasi, bargi va boshqalar) yoki tanasida efir moylari (xushboʻy moddalar) toʻplaydi. Efir moyli ekinlarning daraxt, buta va bir va koʻp yillik oʻtlar turlari bor. Ular tropik, subtropik mintaqalarda koʻp tarqalgan, moʻtadil iqlimli hududlarda ham ekiladi. Uzbekistonda efir moyli oʻsimliklarning 50 oilaga kiruvchi 233 turi mavjud, lekin ayrimlari (arpabodiyon, jambil, kashnich, qora zira, yalpiz va boshqalar) maxsus ekiladi. Efir moyli ekinlar baʼzi turlarining mevasi va bargi tarkibida 1,5% dan 6—7% va undan ortiq efir moyi (atenol, mentol, yevgenol va boshqalar), shuningdek, 11—27% texnik moy bor. Jahon dehqonchiligida Efir moyli ekinlardan atirgul, yorongul, lavanda, yalpiz asosiy ahamiyatga ega. Oʻsimliklarning xushboʻyligi efir moylarining miqdori, tarkibi va sifatiga bogʻliq.


Lotin alifbosida maqola: EFIR MOYLI EKINLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
OʻSIMLIK MOYLARI
YER
YAPONIYA
Ulug'bek Ismailov - Guli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты