ECHKIEMAR

ECHKIEMAR — xalq seleksiyasida chi. qarilgan oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, besh boʻlmali, kertiklari yuza, chetlari arra tishli. Guli funksional urgʻochi. Uzum boshi yirik (boʻyi 30 sm gacha), oʻrtacha ogʻirligi 450 g, gʻujumi yirik, choʻzinchoq oval, toʻq qizil, eti tigʻiz, sershira, tarkibida qand miqdori 20%, nordonligi 3,8— 4,5%, karsillaydi, poʻsti yupqa, hosili faol harorat yigʻindisi 3400—3800° da 135 kunda, avg. ning 2-yarmida yetiladi. Hosildorligi 100—120 s/ga. Antraknoz va ragʻa kasalligiga chidamli. Novdalari uzun qoldirib, koʻproq ishkom yoki voishlarda oʻstiriladi. Uzumi yangiligida yeyiladi. Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida koʻproq ekiladi.


Lotin alifbosida maqola: ECHKIEMAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
SHUTURANGUR
XITOY
NAMANGAN VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты