ZEBRALAR

ZEBRALAR, Afrika yovvoyi otlari (Equus) — otlar kenja urugʻi. Tanasining uz. 200—240 sm, boʻyi yagʻrinidan 120—140 sm, dumi — 47 — 54 sm, vazni 350 kg gacha. Tanasining rangi — oq va qora koʻndalang yoʻlyoʻl chizikdi (himoya rangi). Yoli kalta va tik, dumining uchida uzun qillardan iborat popugi bor. Ochiq dashtlarda 10—30 tadan poda boʻlib yuradi. Juda ehtiyotkor, tez yuguradi. 1—1,5 yoshida voyaga yetadi. Homiladorlik davri 346—390 kun. Qoʻlga oʻrganadi, tutqinlikda koʻpayadi. Ot va eshak bilan chatishadi. Zebralarning 4 turi bor. Togʻ zebrasi (Ye. zebra) Jan. Gʻarbiy Afrikada tarqalgan, koʻrinishi eshakka oʻxshaydi, 3. orasida eng kichigi. Burchellov zebrasi (Ye. burchelli) Sharqiy va Markaziy Afrikada tarqalgan. Grevi zebrasi (Ye. grevyi) Sharqiy Afrika (Jan. Efiopiya, Somali, Keniya)da tarqalgan, ancha yirik, toychasining yelkasidan dumigacha tik va toʻq qizil juni boʻladi. Bu belgi otlar qad. ajdodlarining yoli faqat boʻynida emas, orqasida ham boʻlganligini koʻrsatadi. Hoz. qirib yuborilgan kvaggi zebrasi Jan. Sharqiy Afrikada yashagan, koʻrinishi otga oʻxshagan. Qimmatli terisi uchun koʻplab ovlanishi tufayli 3. soni keskin kamayib ketgan. Togʻ va grevi Zebralari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan (yana q. Toq tuyoqlilar).


Lotin alifbosida maqola: ZEBRALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
EFIOPIYA
TOSHKENT
XITOY
AFRIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты