ESHON BOBOXON

ESHON BOBOXON ibn Abdulmajidxon (1860 — Toshkent —1957) — muftiy, shayx. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonshtt otasi. Ruhoniy oilasida tugʻilgan. Dastlabki ilmni bobosi shayx ulislom Ayubxon ibn Yunusxondan olgan. Keyin Buxoroda Mir Arab madrasasida tahsil koʻrgan. Aqoid, fiqh, tafsir va hadis bilimlarini chuqur egallagan va naqshbandiya tariqatining namoyandasi sifatida tanilgan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkilotchilaridan biri va uning birinchi raisi, muftiy (1943—57). Eshon Boboxon diniy boshqarma rahbari sifatida dindorlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olish bilan birga boshqarma faoliyatini fashizmni tormor etish uchun frontga har tomonlama yordam koʻrsatish, xalqaro tinchlikni himoya qilish ishlariga yoʻnaltirgan. E. B. Toshkentdagi Qaffol Shoshiy maqbarasi yoniga dafn qilingan.


Lotin alifbosida maqola: ESHON BOBOXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ZIYOVUDDINXON ibn ESHON BOBOXON
ALISHER NAVOIY
ISLOM
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты